O‘zbekiston | 14:32 / 13.04.2018
18582
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Sirdaryodagi yo‘llarni sifatli qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining Toshkent ko‘chasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

«Ushbu ko‘cha zamonaviy talablar asosida qayta qurilib, qatnovlar o‘rtasida xavfsizlik to‘siqlari, energiyatejamkor yoritgichlar o‘rnatilgan. Ikki yonda yashil hudud barpo etilib, gullar va manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosipedlar uchun yo‘laklar tashkil qilingan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida

Prezident qurilish sifati va transportlar harakatiga qulayliklarni oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan.

«Yo‘l qurilishiga shuncha pul ajratayapmiz. Lekin yo‘llarimizning sifati yo‘q, desak adolatdan bo‘ladi. Bu sohada qurilish hajmi, yo‘l uzunligi ortidan quvmay, avvalo sifatga e'tibor berish kerak. Bir kilometr bo‘lsayam, sifatli quringlar.

O‘nlab yillar xalqimizga xizmat qilsin, odamlar rozi bo‘lsin», degan Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari yo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasida ishlatiladigan zamonaviy texnikalarni ham ko‘zdan kechirgan.

Mavzuga oid