«Rosatom» Özbekiston bilan mamlakatda atom elektr stansiyasini quriş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Rossiya davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov RF boş vaziri Dmitriy Medvedev bilan uçraşuvda ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS. 

«Biz Saudiya Arabistoni, Özbekiston bilan bu böyiça işlamoqdamiz», - deya ma'lum qilgan Lixaçyov.

Rosatom rahbarining umid bildirişiça, vazirlar mahkamasi va Taşqi işlar vazirligining yordami bilan kelajakda Rossiya mutaxassislari yordamida elektr stansiyalarni quriş istagida bölgan mamlakatlar doirasi kengayadi.

«Biz hozirda Özbekiston hukumati bilan stansiya qurilişi böyiça hukumatlararo bitimga çiqiş borasida muzokaralar ötkazmoqdamiz. Garçi Özbekiston atom sohasida yangi vakil bölmasada, - SSSR davrida bu respublikada tadqiqot reaktorlari işlagan, - ammo u yerda katta atom stansiyalari mavjud emas», - dedi Lixaçyov.