O‘zbekiston | 15:38 / 13.04.2018
21242
2 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy shaxslarga ham taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqi berilishi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi 

Foto: KUN.UZ

Avval xabar berilganidek, 2018 yil 11 aprelda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

Farmon loyihasi joriy yilning 26 fevralidan 13 martiga qadar Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida jamoatchilik muhokamasidan o‘tgan. Muhokamaga qo‘yilgan loyihaning 6-ilovasida sig‘imi 4 yo‘lovchi o‘ringa mo‘ljallangan yengil avtomobillarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkorlik shaklida taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqini berish nazarda tutilgan edi.

Muhokama davomida muhokamada tushgan takliflar, fikrlardan kelib chiqib loyihaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. Bu jarayonda jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkorlik shaklida taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqini berish masalasi yana bir bora qo‘shimcha o‘rganib chiqish uchun farmon loyihasidan ajratib olingan. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi xabar berdi.

Faoliyatni litsenziyalash sohasidagi shu va boshqa o‘rganish talab qilinadigan boshqa masalalarni qo‘shimcha o‘rganishni ta'minlash maqsadida Farmonning 7-bandida tegishli davlat organlariga litsenziyalash va ruxsat berish tartiblarini takomillashtirishda davom etish haqida topshiriq berilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid