Jizzax şahrida öğrilik yuz berdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
Ma'lum bölişiça, 10 aprel kuni, 1978 y.t. Z.Ş. IIBga murojaat qilib, şu yil 9 aprel kuni soat 14.00larda, noma'lum ayol Halqobod mahallasida joylaşgan “Eski şahar” buyum bozori oldidan uning boşqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomaşinasiga yölovçi sifatida ötirib biroz yurganlaridan söng, haydovçi Z.Ş. avtomaşinadan tuşib savdo dökoniga kirib ketgan vaqtida, noma'lum ayol avtomaşinada bölgan 3 mln 190 ming söm pulini öğirlab ketganligini ma'lum qilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Toşkent viloyati Çirçiq şahar Kangli köçasida yaşovçi, muqaddam sudlangan, 1983 y.t. S.Q. sodir etganligi aniqlanib uşlangan.












