Singapur haqda eşitganmisiz? Janubiy Koreya yoki Germaniya haqda-çi? Eşitgansiz va tinglab yoki televizordan tomoşa qilib huzur qilgansiz. Rivojlangan, farovon, çiroyli davlatlar-a? Qiziq, Özbekistonimiz qaçon şu darajaga yetarkan? Gapning oçiğini aytaymi, tadbirkorlarni böğadigan bölsak, heç qaçon! Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumani misolida gapimni davom ettiraman.
Aynan mana şu tumanda “Yakkaboğ marmari” degan korxona faoliyat yuritadi. Rahbari endigina 32 yoşni qarşilagan Sanjar Safarov degan yigit. Yoş, navqiron, rejalari va maqsadlari bisyor tadbirkor. Ammo u boşlagan iş bugun öz yeçimini kutmoqda, uning işlari esa ölda-jölda...

Gap şundaki, Sanjar Safarov öz biznesini yanada kengaytiriş, qöşimça işçi örin taşkil qiliş maqsadida ğişt işlab çiqariş korxonasi yaqinida joylaşgan, Yakkaboğ tuman hokimiyati zaxirasida 10 yillab yotgan yerni sörab 2017 yilning noyabr oyida hokimga murojaat qiladi. 2018 yilning mart oyida Yakkaboğ tuman hokimi tadbirkorning muammosini hal etib, yerni işlatiş töğrisidagi qarorga qöl qöyib beradi. Ammo mana şu qaror hokim örinbosari Mansur Töymayevning qöliga tuşib qoladi va öz-özidan tuşunarsiz talablar yuzaga çiqişni boşlaydi.

- Men hokimning qaroridan söng, yerni haydaş va unga sabzavot mahsulotlarini ekiş uçun zarur texnika vositalariga buyurtma berib qöygan edim, - deydi Sanjar Safarov. – Ammo hokim örinbosari “bu yerni işlata olmaysan, hokim qarori menda, agar işlatmoqçi bölsang, tadbirkor amakingning yerlarini, issiqxonalarigaça, hokimiyat hisobiga ötqazib ber”, deb qoldi. Bu nima degani? Bu “köçaçasi”ga gaplaşişmi? Men nega amakimning yerini hokimiyat hisobiga ötkazib berişim kerak? Amakim öz vaqtida soliqlarni tölayotgan bölsa, mana şu işi ortidan qora qozoni qaynayotgan bölsa, nega bunday qilişim kerak, qayerda yozilgan qoida bu?

Sanjarning aytişiça, mazkur yerni obod qiliş, unda ekin ekiş va buning ortidan bir neça kişini iş bilan band qiliş maqsadida 1200 metr masofaga quvur tortyapti, maqsad: u yerga suv olib boriş. Bu borada mutaxassislar bilan maslahatlaşgan tadbirkor 32 metr balandlikka suv tortib boriş kerak. bundan taşqari, har biri 330 ming söm turadigan 12 ta ustun joylaştirilyapti. 12 million sömga nasos uskunasi xarid qilingan. Va nihoyat yerni haydaydigan traktor zang bosib yotibdi. Yuqorida aytib ötganimizdek, tadbirkorning işlari ölda-jölda.

















