Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senatida Suriyaga zarbalarni noqonuniy deb atashdi
Foto: AP Photo / Evan Vucci
AQSh senatori Tim Keyn Suriyaga zarbalarni noqonuniy deb atadi, sababi unga kongress tomonidan ruxsat olinmagan.
"Prezident Donald Trampning Suriyaga aviazarbalar berish haqidagi kongress tasdiqlovidan o‘tmagan qarori noqonuniy. Biz prezidentga urush olib borishga kart-blansh berishni to‘xtatishimiz zarur. Bugun bu Suriya, biroq uni keyingi safar Eron yoki Shimoliy Koreyani bombardimon qilishdan nima to‘xtatib qoladi?" – deya yozgan Keyn Twitter’da.
Keyn 2016 yilda AQSh vitse-prezidentligiga Demokratik partiyadan o‘z nomzodini qo‘ydi, prezident lavozimiga esa Hillari Klinton nomzod bo‘lgandi.
AQSh Konstitutsiyasining birinchi moddasiga ko‘ra, prezidentga urush olib borishga ruxsat kongress tomonidan berilishi kerak. Biroq AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Suriyaga zarba berishga ikkinchi modda asos bo‘lganini aytdi, unda prezidentga AQSh “jiddiy tahdidlariga”, jumladan harbiy yo‘l bilan ham reaksiya bildirish huquqi beriladi.
Mavzuga oid
20:42
Eron sulhdan keyin yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi
20:13
Eron AQSh va Isroilni sulhni buzganlikda ayblab, BAA, Kuvayt va Bahraynga zarbalar berdi
20:02
Makron, Meloni, Mers, Starmer va boshqalar Erondagi urush haqida bayonot berdi
18:47