Xorvatiyalik mutaxassis Niko Kovaç keyingi mavsumdan boşlab, «Bavariya» klubi boş murabbiyi böladi.
Myunxenliklar sport direktori Hasan Salihamijiç bayonotiga köra, şartnoma 2018 yil 1 iyuldan boşlab kuçga kiradi. «Bavariya» 46 yoşli murabbiy bilan 3 yillik şartnoma imzolagan.
Niko Kovaçning murabbiylar ştabiga uning ukasi Robert Kovaç ham kiradi.
Eslatib ötamiz, ayni paytda Niko Kovaç Frankfurtning «Ayntraxt» klubini boşqarmoqda. Jamoa Bundesligada 5-örinni egallab turibdi.












