Birlaşgan Qirollikning Kiprdagi Akrotiri harbiy-havo kuçlari bazasidan parvoz qilgan Britaniyaga tegişli törtta Tornado qiruvçisi Suriya hududiga qanotli raketalarni mamlakat havo kengliklari taşqarisidan uçirgan. Bu haqda Suriya Mudofaa vazirligiga yaqin bölgan manba xabar berdi, deb yozmoqda RIA «Novosti».
«Amaliyotda törtta Tornado qatnaşdi, ular Kiprdan parvoz qilgan. Amaliyot AQŞ va Fransiya bilan muvofiqlikda ötkazildi. Qiruvçilar raketalarni nişonlarga Suriya havo kengliklari çegarasidan taşqarida bölgan holda uçirdi. Samolyotlar bazaga muvaffaqiyatli qaytib kelgan», - deya aytib ötdi manba.
Uning sözlariga köra, Buyuk Britaniyaning iştiroki qöşimça qöllab-quvvatlov sifatida bölgan. Qiruvçilardan har biri Storm Shadow qanotli raketasi bilan jihozlangan bölib, uning harakat radiusi 300 milga teng. Bunday turdagi raketalar GPS koordinatalaridan foydalangan holda nişonga oliş uçun dasturlaştiriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey Suriyaga berilgan zarbalar muvaffaqiyatiga işonişi haqida ma'lum qilgandi.













