AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriyadagi birgalikdagi harbiy amaliyoti boşlangandan keyin Damaşqning raketalardan öqqa tutilişining ilk suratlari va videosi e'lon qilindi.
Suriyaga qarşi harbiy amaliyot Vaşington vaqti bilan soat 21:00da (Toşkent vaqti bilan soat 06:00da) boşlangan.

Zarbalarga bir neçta harbiy baza va ilmiy-tadqiqot markazi uçragan. Bu haqda ğarb OAV ma'lum qilmoqda. Ularning ma'lumotlariga köra, gap Damaşqda joylaşgan obektlar haqida ketmoqda. Bu zarbalar qanday oqibatlarga olib kelgani ma'lum qilinmagan.

Suriya armiyasida S-200, “Buk” va boşqa turdagi havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari mavjud.
2011 yilda Suriya Rossiyadan 36 ta “Pantsir-S1” zenit-raketa majmualarini sotib olgani ma'lum qilingan.



Avvalroq Rossiya Harbiy fanlari akademiyasi vitse-prezidenti Sergey Modestov “Interfaks” axborot agentligiga AQŞ Rossiyaning Suriyadagi obektlariga hujum qilmasligini, rossiyalik harbiylar esa bunga javoban AQŞ kemalari va samolyotlarini nişonga olmasliklarini aytgandi.
“Amerikaliklar Suriyada bizning harbiylar joylaşgan obektga hujum qilişi variantini istisno qilaman”, deb aytgandi Modestov.
Uning fikriça, ehtimol Rossiya havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari suriyaliklarga zarbalarni qaytarişda yordam beradi.












