Dunyo sovuq uruş davriga qaytdi, köplab davlatlarning geosiyosiy manfaatlari töqnaş kelgan Yaqin Şarqdagi xaos esa global tinçlik va xavfsizlikka xavf soladi. Bu haqda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş 13 aprelda BMT Xavfsizlik kengaşidagi nutqida aytib ötdi.
  
“Suriyada bir neçta davlatlar armiyasi iştirokidagi uruşni va köp sonli qurollangan guruhlar, terrorçilik taşkilotlari, hukumat kuçlari va u yerga butun dunyodan kelayotgan xorijiy jangarilar örtasidagi qarama-qarşilikni kuzatmoqdamiz”, deb aytgan Guterriş.

U tinç aholi dahşatli azob-uqubatlarga uçrayotganini eslatib ötgan va Suriyada kimyoviy qurol qöllanişi haqida xabarlar kelişda davom etayotganidan aççiqlangan.

Guterrişning aytişiça, Kimyoviy qurolni taqiqlaş taşkiloti mutaxassislarining birinçi guruhi Suriyaga yetib kelgan, ikkinçisi esa 1-2 kunlarda yetib keladi. BMT boş kotibi uşbu missiyaning kimyoviy qurol qöllangan-qöllanmaganini örnatişda samarali işlaşi uçun zarur şaroitlarni ta'minlaşni talab qilgan. Guterrişning ta'kidlaşiça, Suriya hukumati ham tergov ötkazilişini talab qilgan va mutaxassislar işini qöllab-quvvatlaşga va'da bergan.