Eron TIV AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan Suriya hududiga qarata berilgan raketa zarbalarini qat'iy qoralaydi. Bu haqda Reuters Eron davlat OAVga tayangan holda xabar bermoqda.

«Albatta, Qöşma Ştatlar va, qandaydir dalillar yöqligiga qaramay,  Suriyaga qarşi harbiy harakatlarni amalga oşirgan ularning ittifoqçilari bu asossiz qadam tufayli kelib çiqadigan mintaqaviy hamda mintaqalararo oqibatlarga mas'ul böladi», - deyiladi Eron TIV rasmiy bayonotida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Suriya hukumati AQŞ, Britaniya va Fransiya raketa zarbalari nişoniga aylangan harbiy obektlarni avvaldan evakuatsiya qilişga ulgurgani, bu boradagi ogohlantiruv Rossiya tomonidan berilgani xabar qilingandi.