Bu hafta dam oliş kunlari avvalgilardan ham qiziq böladi. Bir qator qiziqarli derbilar va Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun özaro kuraşlar bilan birga, Fransiya, Niderlandiya çempionatlarida rasman ğolib aniqlanişi, Turkiya, Portugaliya kabi birinçiliklarda esa, yaqqol favoritni bilib olişimiz mumkin böladi. Keling, bir boşdan.

BAYYeR – AYNTRAXT (14 aprel, 18:30)

Kuçli törtlik uçun haqiqiy kuraş Bundesligada keçmoqda va biz deyarli har hafta bu gapni aytişdan çarçamayapmiz. Çunki har turda u yerda şakllangan öziga xos Top-7 yöllanma uçun özaro kuraşişmoqda.

Har ikki jamoa ötgan turda asosiy raqiblarga qarşi öynaşdi. Frankfurtliklar durang qayd etişgan bölsa, «Bayyer» safarda çiroyli ğalabaga erişdi va kuçli törtlikka kirib oldi.

«Bayyer»da 48 oçko, «Ayntraxt» 46 oçko bilan beşinçi örinda bormoqda. Şuningdek, «Leyptsig»da ham 46 oçko mavjud. Demak, «Bayyer» agar ğalaba qozonsa, uşbu kuraşda öz imkoniyatini yanada yaxşilab olişi mumkin. 

BARSeLONA – VALeNSIYa (14 aprel, 19:15)

«Barselona» çempionlik, «Valensiya» esa kuçli törtlikka kiriş masalasini deyarli hal qilgan bölişsa-da, bu öyin juda yaxşi afişa, şuningdek, bu juftlikning birinçi davradagi uçraşuvi ham qiziq ötgandi.

Bundan taşqari, «Valensiya» hozirda «Real»dan 1 oçko oldinda bormoqda va yakunda madridliklardan yuqori örinni egallaş ham muxlislar uçun yoqimli.

«Barselona» esa Rimdagi dahşatdan söng öziga kelib olişi, eng muhimi, muxlislar oldida özini oqlab olişi kerak. Töğri, heç qanday ğalaba Çempionlar Ligasi yarim finalini qaytarib bera olmaydi, lekin şunday bölsa ham, muxlis xalqi keçirimli, çiroyli öyin bölişi şart.

Boşqa tarafdan, ikki oydan keyin jahon çempionati boşlanadi. Mavsumning asosiy musobaqasidan çiqib ketgan «Barselona» yetakçilari endi aynan öşa musobaqa haqida qayğurişni boşlaşlari va imkon qadar jarohat olmaslikka intilişlari ham mumkin.

TOTTeNHeM – MANÇeSTeR SITI (14 aprel, 23:45)

«Mançester Siti» ötgan turda çempionlikni rasman hal qiliş imkoniyatini boy berib qöydi va endi Pep Gvardiola jamoasi qolgan 6 öyindan 2tasini öz foydasiga hal qilişiga töğri keladi. Bunga vaqt ham, hafsala ham yetarli, zero «şaharliklar» seşanba kuni «Liverpul»dan mağlubiyatga uçrab, Çempionlar Ligasidagi kuraşni töxtatdi.