Xitoy Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Xua Çuninning ma'lum qilişiça, XXR rahbariyati doimo xalqaro munosabatlarda kuç qöllanilişiga qarşi çiqqan. U şu tariqa AQŞ va uning ittifoqçilarining Suriyaga zarbasiga izoh berdi, deb yozmoqda RIA «Novosti».

«Xitoy xalqaro munosabatlarda kuç qöllanilişiga qarşi çiqadi, boşqa davlatlar suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilişga çaqiradi», - deya aytib ötdi Çunin.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, BMT XK doirasidan taşqarida amalga oşiriluvçi istalgan bir tomonlama harbiy harakatlar BMT nizomida yozib qöyilgan asosiy prinsiplarga zid va xalqaro huquqning asosiy norma hamda prinsiplarini buzadi. Şu sababdan, u barça manfaatdor tomonlarni mojaroni muloqot yöli bilan hal etişga çaqirdi.