Suriya hukumati AQŞ, Britaniya va Fransiya raketa zarbalari nişoniga aylangan harbiy obektlarni avvaldan evakuatsiya qilişga ulgurgan. Bu haqda Reuters Damaşqni qöllab-quvvatlovçi mintaqaviy alyansdagi manbaga asosan xabar qilmoqda.
Uning sözlariga köra, evakuatsiya işlarini amalga oşiriş lozimligi haqidagi ogohlantiruv Rossiya tomonidan berilgan.
«Biz zarbani tutib oldik... Bizga zarbalar yaqin vaqt içida berilişi haqida Rossiyadan dastlabki ogohlantiriş kelib tuşdi va harbiy bazalar bir neça kun avval evakuatsiya qilindi», - deya aytib ötdi manba.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi Jozef Danford Suriyaga zarbalar seriyasi yakunlangani haqida ma'lum qilgandi.













