AQŞ harbiy mahkamasi matbuot kotibi Dana Uaytning matbuot anjumanida ma'lum qilişiça, Amerika qöşinlari Suriyadagi belgilab olingan barça obektlarni aniq nişonga olgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Biz har bir obektni muvaffaqiyatli nişonga oldik», - deya aytib ötdi Uayt.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, barça obektlar diqqatlik bilan tanlandi, bunda oddiy aholi vakillari orasida qurbonlar bölişiga yöl qöymaslik asosiy maqsadga aylandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Suriyaga raketa zarbasini «ajoyib amalga oşirilgan» deb atagandi.