Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatning xorijdagi nufuzi qöşni davlatlar bilan munosabatga ham boğliq ekanini bildirdi. 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida viloyat faollari iştirokida taşkillaştirilgan videoselektor yiğilişida davlat rahbari Özbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosatiga ham töxtalib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Mamlakatning xorijdagi nufuzi haqida gap ketganda, tarozining bir pallasiga uning qöşni davlatlar bilan munosabati qöyiladi. Qöşnidan boşqa heç kim u (biron mamlakat - tahr.) haqida yaxşiroq ma'lumotga ega emas. Şu nuqtai nazardan, Tojikiston Respublikasi bilan ança-munça masalalarga oydinlik kiritildi. Şuningdek, Qirğiziston Respublikasi bilan ham xuddi şunday [...].

Qozoğiston prezidenti Nursulton Abişeviç bilan esa aka-ukamiz, u odam köpni körgan inson. Men Nursulton Abişeviçni özimning ustozim, deb bilaman. Köp narsada maslahat berib, yöl-yöriq körsatadi. Qolaversa, Turkmaniston prezidenti bilan katta muvaffaqiyatlarga erişmoqdamiz. Xudo xohlasa, Gurbanguli Berdimuxammedov duşanba kuni (23 aprel - Kun.uz) davlat taşrifi bilan Özbekistonga ham kelmoqda. Biz hamma davlatlar bilan döstlik, birodarlik, hamkorlikni mustahkamlaymiz», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ötgan yili 11 avgust kuni Toşkent şahrida bölib ötgan xalqaro anjumanda Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoning mamlakat taşqi siyosatining asosiy ustuvor yönalişi sifatida belgilangani davlatning yaqin qöşnilar bilan döstlik, özaro manfaat va yaxşi qöşniçilik tamoyillariga asoslangan munosabatlar örnatişga samimiy intilişi ekanini alohida ta'kidlagandi.

2018 yil 15 mart kuni esa Ostona şahrida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ilk norasmiy maslahatlaşuv uçraşuvi bölib ötdi. Uşbu amaliy uçraşuv tarixiy va mintaqaviy nuqtai nazardan juda muhim voqea böldi.

«Bunday uçraşuvni muntazam ötkaziş va mintaqaviy muammolarimizni birgalikda hal etiş Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi. Yiğilişimiz hammamiz uçun umumiy bölgan Navröz bayrami arafasida ötayotgani ham çuqur ma'noga ega. Albatta, alohida uçraşib turardik, muloqot qilardik, lekin bunday yaxlit uçraşuv ançadan beri bölmagan edi», deb fikr bildirgan Qozoğiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Mahalliy hokimiyat rahbarlari bilan videoselektor ötkazayotgan prezident Şavkat Mirziyoyev aynan qöşni mamlakatlar bilan munosabatni öz nutqida misol qilib keltirişi - Markaziy Osiyo haqiqatan Özbekiston taşqi siyosatida muhim va ustuvor yönalişga aylanib ulgurganini bildiradi.