15 aprelda Çernogoriyada prezident saylovlari bölib ötadi. Prezident saylovlarida mamlakatning eng maşhur siyosatçisi 56 yoşli Milo Jukanoviç favorit hisoblanadi. Mutaxassislarning fikriça, siyosatçi saylovlarning 1-bosqiçidayoq 50 foizdan köproq ovoz töplay oladi.
Sobiq Yugoslaviya davlatlari içidagi eng kiçigida köp partiyali tizim kiritilgan 1990 yildan keyin yettinçi marta prezident tanlanadi.
Amaldagi prezident Filip Vuyanoviç mamlakatni 15 yil boşqargandan söng vakolatlarini topşirmoqda. Çernogoriyada prezident 5 yillik muddatga saylanadi va bu lavozimni qatorasiga 2 martadan köp egallay olmaydi. Biroq 2003 yilda birinçi marta prezident etib saylangan Vuyanoviç bilan vaziyat özgaça bölgan. Çernogoriya 2006 yilda Serbiya va Çernogoriya ittifoqidan çiqib, mustaqilligini e'lon qilgandan keyin Vuyanoviç mandati boşqatdan hisoblangan.
15 aprelda mamlakatda 1,2 mingdan köproq saylov uçastkasi soat 7.00dan soat 20.00gaça işlaydi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, Çernogoriyada 532599 kişi ovoz beriş huquqiga ega.
Prezident lavozimiga umumiy hisobda 7 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Bular: Marko Milaçiç, Mladen Boyaniç, Xazbiya Kalaç, Vasiliye Miliçkoviç, Dobrilo Dedeyiç, Milo Jukanoviç va yagona ayol nomzod Draginya Vuksanoviç.












