Mahalliy vaqt bilan soat 07:00da Çernogoriyada saylov uçastkalari oçildi va saylovçilar mamlakat prezidentini saylaş uçun kela boşlaşdi. Mamlakatda jami bölib 1214ta saylov uçastkasi oçilgan.

Davlat saylov komissiyasi hisoblariga köra, mamlakatning 532 mingdan ortiq fuqarosi saylov huquqiga ega hisoblanadi. Saylov jarayoni bir qator nodavlat taşkilotlar tomonidan kuzatib borilmoqda.

Prezidentlik uçun 7 nomzod kuraş olib bormoqda. Bular: Marko Milaçiç, Mladen Boyaniç, Xazbiya Kalaç, Vasiliye Miliçkoviç, Dobrilo Dedeyiç, Milo Jukanoviç va yagona ayol nomzod Draginya Vuksanoviç. 

Saylovda mamlakatning eng maşhur siyosatçisi 56 yoşli Milo Jukanoviç favorit hisoblanadi. Mutaxassislarning fikriça, siyosatçi saylovlarning 1-bosqiçidayoq 50 foizdan köproq ovoz töplay oladi.

Sobiq Yugoslaviya davlatlari içidagi eng kiçigi bölmiş Çernogoriyada köp partiyali tizim kiritilgan 1990 yildan keyin yettinçi marta prezident tanlanadi. 

Amaldagi prezident Filip Vuyanoviç mamlakatni 15 yil boşqargandan söng vakolatlarini topşirmoqda. Çernogoriyada prezident 5 yillik muddatga saylanadi va bu lavozimni qatorasiga 2 martadan köp egallay olmaydi. Biroq 2003 yilda birinçi marta prezident etib saylangan Vuyanoviç bilan vaziyat özgaça bölgan. Çernogoriya 2006 yilda Serbiya va Çernogoriya ittifoqidan çiqib, mustaqilligini e'lon qilgandan keyin Vuyanoviç mandati boşqatdan hisoblangan.