Qozoğistonning aholiga maxsus xizmat körsatiş markazlari 2018 yilning birinçi çoragida 913 mln. tanga (2,9 million AQŞ dollari) ga 3385 ta «çiroyli» avtoraqamlarni realizatsiya qilişgan. Bu haqda Facebook’da «Fuqarolar uçun hukumat» davlat korporatsiyasining jamoatçilik bilan aloqalar departamenti direktori Murat Jumanbay ma'lum qilgan.
U bergan ma'lumotlarga köra, 2017 yil böyiça qozoğistonlik avtomobil egalari talabgor raqamlardan 4,5 mingtasini 1,5 milliard tanga (4,7 mln dollar) ga xarid qilişgan). Bunday raqamlar köproq Olmaota (1468) va Ostona (910) şaharlarida sotilgan.
Uning aytişiça, 15 yanvardan boşlab nafaqat simmetrik raqamli, şuningdek çiroyli harf kombinatsiyalariga ega raqamlarni ham xarid qiliş imkoniyati yartilgan. 2018 yilning ötgan uç oyi mobaynida ana şunday davlat raqamlarining 580 tasi 79,5 mln tanga (248,44 ming AQŞ dollari) ga sotilgan.
Özbekistonda bu borada ahvol qanday?
«ÖzRTXB» AJning 2018 yilning I çoragi yakunlariga bağişlangan hisobotiga köra, onlayn auksionlar orqali 734 ta avtoraqamlar sotilgan. Ularning 544 tasi jismoniy şaxslarga, 190 tasi yuridik şaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy kiymati 12,1 mlrd sömdan oşgan. Körsatilgan davrda tuzilgan bitimning örtaça qiymati 16,5 mln sömni taşkil etgan.
Xaridorlarning tarkibiy tuzilmasida yetakçi örin, ya'ni bozorning 40 foizi Toşkent va Toşkent viloyatining avtotransport egalariga tegişli. Keyingi navbatda Samarqand va Farğona viloyatlari (11 foizdan), uçinçi örinda Namangan va Andijon viloyatlari (6 foizdan) xaridorlari joylaşgan.

















