Yozda Rossiyaning 12ta stadionlarida bölib jahon çempionati uçraşuvlarini Özbekistonda translyatsiya qiliş huquqini UZREPORT TV qölga kiritdi. Bu haqda telekanal rasmiy saytida xabar berilgan.

«UZREPORT Axborot Agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV)  millionlab futbol muxlislariga ajoyib xuşxabarni ma'lum qiladi. Agentlik  2018 yilgi Jahon çempionatini Özbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qiliş huquqini qölga kiritdi.

Öyinlardan taşqari telekanallar orqali öziga xos Jahon çempionati kundaligi - «Highlights»lar ham efirga uzatib boriladi. Unda siz JÇ-2018da bölib ötgan öyinlardagi eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomoşa qiliş, terma jamoalarning futbolçilari va murabbiylari haqida ma'lumotlarni, şuningdek, rekord va qiziqarli faktlardan boxabar bölib borişingiz mumkin böladi», deyiladi bayonotda.