Suriya prezidenti Başar Asad rossiyalik deputatlar bilan uçraşuvda ğarb koalitsiyasi tomonidan berilgan aviazarbalar Suriya xalqini NATO davlatlaridan qörqmay qöyişida yordam berdi, deb aytgan. Bu haqda Rossiya davlat dumasi vakili Dmitriy Sablin ma'lum qildi. 

“Prezident Asad Suriya xalqi zarbalardan keyin NATO davlatlaridan qörqmay qöyganini aytdi”, deb ma'lum qilgan Sablin.

Sablin Asad bilan uçraşuvdan keyin Suriya infratuzilmasini tiklaşga zarur bölgan mablağ miqdori 400 mlrd dollarga baholanayotganini ma'lum qilgan. “Prezident Asad Suriya infratuzilmasini tiklaş uçun 400 mlrd dollar mablağ va 10-15 yil vaqt ketişini aytdi”, deb qöşimça qilgan Sablin.