Thuraya Telecommunications Company arab operatori mutlaqo yangi smartfon turi — sun'iy yöldoşli Thuraya X5-Touch işlab çiqilgani haqida e'lon qildi. Bu smartfon dunyo böylab köp sayohat qiluvçi va SIM-kartalarni muntazam özgartirişiga töğri keluvçi yoki yonida bir neça mobil qurilma olib yuradigan kişilar uçun işlab çiqilgan. Yangi qurilma mobil tarmoq qamrovi bölmagan yerlarda aloqa xizmatlaridan foydalaniş imkonini beradi.

Android-smartfon 2G, 3G va 4G tarmoqlari uçun ikki SIM-kartaga möljallangan. Uyali aloqa yöqligida esa sun'iy yöldoş aloqasini yoqiş taklif etiladi. Thuraya X5-Touch şuningdek bir vaqtning özida ikki rejimda işlay oladi.

Sun'iy yöldoşli smartfon 5,2 dyuym Full HD displey bilan işlab çiqariladi. X5-Touch qurilmasi Bluetooth, Wi-Fi, NFC-modul, GPS/GLONASS/BeiDou sun'iy yöldoş navigatsiya tizimlari priyomnigi, SOS tugmasi va Android 7.0 Nougat operatsion tizimi bilan ta'minlanadi. Hatto suratga olişni yaxşi köradiganlar uçun old va orqa kameralar ham bor.

Smartfon murakkab sinovlar uçun tayyorlangan: displeyda Corning Gorilla Glass çidamli şişasi, suv va çang ötkazmaydigan korpus (IP67 standarti), mustahkamligi va işonçliligi böyiça MIL 810 G/F harbiy talablarga javob beradi. Kompaniya smartfonning yaxşi akkumulyator bilan jihozlangani haqida ma'lum qiladi, biroq uning siğimi oşkor qilinmadi. Qolgan tafsilotlar, jumladan smartfonning taqdimot sanasi va narxi hozirça sir tutilmoqda.











