«Mançester Siti» muddatidan avval Angliya çempionatining 2017/18 yilgi mavsumi ğolibiga aylandi.

Premer-liganing 34-turida «Man Siti» safarda «Tottenhem»ni yenggandi (3:1),  «Mançester Yunayted» esa bugun «Vest Bromviç»ga yutqazdi (0:1).

Jamoalarda mavsum yakuniga qadar 5 öyin ötkazişadi (ikki jamoada ham zaxiradagi bir tur bor), oradagi farq esa 16 oçkoni taşkil qilmoqda va endi Joze Mourino jamoasi qolgan turlarda qanday natijalar qayd etilişidan qat'i nazar Pep Gvardiola jamoasini quvib yeta olmaydi.

Şu tariqa, «Mançester Siti» Angliya çempionati oliy divizionida beşinçi marta ğoliblikka erişdi (1936/37, 1967/68, 2011/12, 2013/14, 2017/18).

«MYu» yutqazdi va «Mançester Siti»ni çempionga aylantirdi