Angliya çempionatining 34-turida «Mançester Yunayted» «Vest Bromviç Albion»ga yutqazdi. «Old Trafford» stadionida keçgan uçraşuv 1:0 hisobida mehmonlar ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyindagi yagona gol 73-daqiqada Jyey Rodriges tomonidan urildi. «MYu» APLda 5 uçraşuv davom etgan ğalabali seriyasini yakunladi, «Vest Bromviç» 10 uçraşuv davom etgan ğalabasiz seriyasiga yakun yasadi.

Şu tariqa, «Mançester Yunayted» turnir jadvalida birinçi öringa kötariliş uçun nazariy jihatdan ham imkoniyatini yöqotdi va «Mançester Siti» mavsum yakuniga 5 tur qolganida çempionlikni rasmiylaştirdi.

Angliya çempionati
34-tur
Mançester Yunayted – Vest Bromviç 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 73 Rodriges.
Mançester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Valensiya, Yang (Reşford, 75), Pogba (Marsyal, 58), Matiç, Mata, Errera (Lingard, 46), Sançes, Lukaku.
Vest Bromviç –    Foster, Douson, Gibbs, Nom, Xegazi, Fillips (Kryxovyak, 77), Livermor, Brant (Yakob, 90), Makkleyn, Rondon (Starridj, 85), Rodriges.
Ogohlantirişlar: Pogba (29), Nom (77).