Rossiya va Eron prezidenti Vladimir Putin hamda Hasan Ruhoniy telefon orqali özaro muloqotda AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriyaga raketa zarbalarini muhokama qildi. Ular «bu noqonuniy harakatlar Suriyadagi vaziyatga siyosiy yeçim topişga jiddiy zarar keltirişi mumkin» degan xulosaga keldi.
«Vladimir Putin, xususan, agar BMT Nizomini buzuvçi bunday harakatlar davom etaversa, u holda bu xalqaro munosabatlardagi tartibsizlikka olib kelişi mumkinligi haqida ogohlantirdi», - deyiladi Kreml saytidagi xabarda.
Bundan taşqari, Eron va Rossiya rahbari telefon muloqotida Yaqin Şarq mintaqasidagi vaziyatni, şu jumladan, Yamandagi holatni muhokama qildi. Şuningdek, ular köp qirrali Rossiya-Eron hamkorligini yanada rivojlantirişdan manfaatdor ekanliklarini bildirişdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Suriyadagi Rossiya obektlariga zarba beriş imkoniyatini körib çiqqani xabar berilgandi.













