AQŞ prezidenti Donald Tramp Suriyaga berilgan zarbalardan söng Qöşma Ştatlar kongressida mamlakat manfaatlari himoyasi uçun konstitutsiyaga muvofiq harakat qilganini aytdi. Bu haqda Trampning kongressga xatida aytiladi, u Oq uy tomonidan tarqatildi.
Hujjat matniga köra, harbiy amaliyot maqsadi suriyalik harbiylarning kimyoviy quroldan foydalangan holda amalga oşiriluvçi hujumlarini kamaytiriş, şuningdek, uning mamlakat hukumati tomonidan qöllanilişiga yöl qöymaslikdan iborat bölgan.
«Men taşqi amaliyotlarni ötkaziş va Qöşma Ştatlar milliy xavfsizligi hamda taşqi siyosatining hayotiy muhim manfaatlarini oliy boş qömondon sifatida himoya qiliş böyiça konstitutsiyaviy vakolatlarimga muvofiq harakat qildim», - deya ma'lum qilgan Tramp.
Şuningdek uning qöşimça qilişiça, AQŞning muhim milliy manfaatlari uçun, kerak bölgan paytda, qöşimça harakatlar ham amalga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Suriyadagi Rossiya obektlariga zarba beriş imkoniyatini körib çiqqani haqida xabarlar tarqalgandi.














