Donald Trampning AQŞ prezidenti lavozimidagi faoliyatining ma'qullanişi darajasi 39 foizga tuşib ketdi. Bundan NBC News va The Wall Street Journal tayyorlagan sörovnoma natijalari darak bermoqda.
Trampning faoliyatini respondentlarning 57 foizi ma'qullamagan.
Trampning reytingi ikkala partiyaning tarafdorlari orasida ham pastlagan. Bir oy avval bu körsatkiç 43 foizni taşkil qilgandi.
Sörovnoma 8-11 aprel kunlari 900 kişi bilan olib borilgan.
Şu bilan birga The Washington Post va ABC News ötkazgan sörovnomaga köra, Trampning reytingi 40 foizni taşkil qilmoqda.












