Venesuela milliy valyutasi bolivarning keskin qadrsizlanişi Venesueladagi mahalliy hokimiyatlarni bolivarga muqobil yangi valyutalar çiqarişga majbur qilmoqda. 15 aprelda Karakas meriyasi karibe deb nomlangan özining valyutasini çiqardi.

Şahar rahbari Erika Farias karibe aholini iqtisodiy uruş şaroitida himoya qilişga yordam berişini aytgan. Globovision kanali ma'lumotlariga köra, uşbu valyutadan 5, 10, 50 va 100 karibe qiymatidagi kupyuralar muomalaga çiqarilgan. Bir karibe 1000 bolivarga teng bölib, uning qora bozordagi kursi juda oz qiymatni taşkil qiladi. Unga köra, 100 karibe taxminan 20 sentga tengdir.   

Bu valyuta Venesuelada giperinflyatsiya va naqd pul taqçilligi sababli çiqarilgan birinçi valyuta emas. Mart oyida Elorsa şahri özining elorsa deb nomlangan valyutasini çiqargan. 2017 yil dekabrda esa Karakasdagi Katiya tumani kommunalaridan biri özining panal deb nomlangan valyutasini çiqargan. 

Murakkab iqtisodiy vaziyat Venesuelada ulkan inflyatsiyaga olib keldi. Hozirda dollarning qora bozordagi kursi 483,7 ming bolivarni taşkil qilmoqda, vaholanki rasmiy kurs böyiça bir dollar 44,6 ming bolivarga teng. Şu bilan birga mamlakatda naqd pul massasi yetişmayapti, şu sababli hukumat yaqinda 100 ming bolivar qiymatdagi kupyura çiqardi. Uning qiymati bor-yöği 0,2 dollarni taşkil qiladi. 4 iyunda bolivarning denominatsiya qilinişi belgilangan. Yangi kupyuralardan uçta nol olib taşlanadi.