Öz ustida işlaş, modernizatsiyalaş, yangilik kiritiş va modifikatsiyalaş Artel korxonasining rivojlaniş yölidagi doimiy an'anasidir. Artel maişiy texnikasining qulayligini, funksionalligini va işonçliligini oşiriş Artel mutaxassislarining asosiy maqsadi hisoblanadi, uşbu xususiyatlarni oşiriş yölidagi tadqiqotlar hamda turli xil izlanişlar esa muntazam olib boriladi.
Artel maişiy texnikasini işlab çiqarişda innovatsion texnologiyalar, hamda bir neça bosqiçli sifat tekşiruvi işlatilgani bois, Artel korxonasining mutaxassislari öz mahsulotlarining sifatliligiga butunlay işonçi komil, Artel mahsulotlari esa töliq, uç yillik bepul kafolatga ega.

Artel texnikasining sifati yuqoriligini tasdiqlaydigan yana bir omillardan biri bu Yevropa sertifikatsiya markazlari tomonidan taqdim etilgan sertifikatlar.
Hozirda Artel zavodlari ISO 9001:2008 sifat menejmenti hamda EAC, CE (Conformité Européenne — Yevropaga muvofiqlik) sifat sertifikatlariga ega va barça Yevropa standartlariga butunlay mos keladi.
Artel televizorlari
Artel kompaniyasida televizorlarni işlab çiqariş bölimiga alohida e'tibor qaratilgan. Hozirda Artel zavodlarida barça talablarga javob beruvçi yuqori sifatli, hamda yuqori funksionallikka ega hamyonbop televizorlar keng kölamda işlab çiqarilmoqda.

Zamonaviy Artel televizorlari oddiy televizorlarga qaraganda sezilarli funksional ustunlikka ega. Masalan, Artel Smart televizorlari yordamida WEB – sahifalarni közdan keçirib, yangiliklar bilan tanişsa, turli xil öyinlar öynasa yoki özgaça dasturlardan foydalansa böladi.
Yangi Artel Smart televizorlari internetga ulaniş imkoniyatiga egaligi tufayli, Siz kino va turli xil sevimli dasturlaringizni onlayn tizimda bemalol tomoşa qilişingiz mumkin. Zamonaviy Artel televizorlari yordamida faqatgina rejalaştirilgan televideniye dasturlarini emas, balki barça yoqtirgan körsatuvlaringizni xohlagan vaqtda tomoşa qiliş imkoniyatiga egasiz.
Nafis va bejirim













