Fransiya TIV rahbari Jan-Iv Le Drianning ma'lum qilişiça, Suriya AQŞ, Buyuk Britaniya hamda Fransiyaning zarbalaridan söng kimyoviy qurolni işlab çiqara olmaydigan holatga keldi. Bu haqda u Franceinfo radiostansiyasiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Ta'kidlanişiça, vazir jurnalistning tegişli savoliga javob qaytarib, şunday dedi: «Hammasi bu endi yuz bermasligidan darak bermoqda».
Uning sözlariga köra, zarbalar davomida Suriya hududidagi omborxonalar, işlab çiqariş markazi va tadqiqot markazi yöq qilingan.
«Barça obektlar aniq nişonga olindi, amaliyot muvaffaqiyatli ötdi», - deya ta'kidlab ötgan Le Drian.
Vazirning qayd etişiça, amalga oşirilgan hujum uruşni e'lon qiliş emas, balki mintaqada kimyoviy qurol tarqalişining oldini olişga qaratilgan harakat bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Suriyaga uçirilgan raketalarning uçdan ikki qismi urib tuşirilgani haqida ma'lum qilgandi.














