Esingizda bölsa, kun.uz saytimiz orqali har 3 oyda bir jarrohlik amaliyoti ötkazadigan Sarvarjon haqida xayriya aksiyasini e'lon qilgan edik.
Sarvarjonga jiddiy tibbiy tekşiruvlardan söng, «papilloma» taşxisi qöyilgan edi. Bunda tomoqda, hiqildoq qismida ösimta ösadi. Bir yilda 3 martagaça jarrohlik amaliyoti ötkazilib kelingan edi. Mutaxassis maslahati bilan voyaga yetgunça uning tomoğidagi ösimtaning ösişini keçiktiradigan davolaniş zarurligi aytilgan edi. Xorijda ötkaziladigan jarrohlik amaliyoti uçun yaxşi insonlar qilgan ehsonlari tufayli oradan bir oy ötib yetarli mablağ töplandi. Alloh ulardan rozi bölsin. Sarvarjon Moskvaga davolaniş uçun onasi bilan uçib ketdi. Duoda bölaylik. Alloh şifo bersin.

«Barçangizga rahmat! Bizga qilgan ehsonlaringiz Allohdan qaytsin. Ajrini bersin. Xudo xohlasa biz davolanib dardimizni Moskvaga taşlab kelamiz. Ming bor rahmat»-deb ona-bola Rossiya federatsiyasiga uçib ketdilar.
Azizlar, qöllarimizni duoga oçib Sarvarbekning jarrohlik amaliyoti yaxşi ötişini Yaratgandan söraylik.











