Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, Kremlda Telegram messenjeri bilan vaziyatda heç kim jabrlanmasligini xohlaşmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Albatta, biz bu işga aloqasi bölmagan odamlar jabr körmasligiga umid qilmoqdamiz. Albatta, biz vaqti kelib bu vaziyat barça kerakli texnik vositalar bilan şunday tartibga solinişidan umid qilmoqdamizki, bunda, bir tomondan messenjerga nisbatan sud qarori bajarilişi lozim, boşqa tomondan esa, - bu qandaydir boşqa funksiyalar, yoki servislar, dasturlar, ilovalarga tegişli bölmasligi darkor», - deya aytib ötdi Peskov.
Uning sözlariga köra, sud qarorining bajariliş samaradorligini baholaş Kreml vakolatiga kirmaydi, bloklaniş esa Roskomnadzor talablari bajarilmagunga qadar davom etadi.
«Biz umid qilamizki, balki, qaçonlardir bu talablar messenjer tomonidan bajariladi, hamda u qaytadi. Samaradorlikni baholaşga keladigan bölsak, bu bizning iş emas», - deya ta'kidlab ötdi Peskov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Roskomnadzor Telegram işiga kömak körsatayotgan barça resurslarni bloklamoqçi ekani xabar berilgandi.













