Roskomnadzor Telegram’ni bloklaş uçun barça çoralarni köriş niyatida, bunda hattoki uning işiga yordam körsatuvçi internet-resurslar ham bloklanişi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Taganskiy tumani sudi qarori bilan Roskomnadzorga Telegram Messenger Limited Liability Partnership tomonidan işlaşi ta'minlanuvçi internet-resurslarga kiriş çeklanişi böyiça majburiyat yuklandi. Şu sababdan, Roskomnadzor sud qarorini bajariş uçun lozim bölgan barça kerakli çoralarni körmoqda va körişda davom etadi, jumladan Telegram kompaniyasi servislarining işlaşiga kömak körsatayotgan internet-resurslarga kiriş böyiça çeklovlar joriy etilişi ham nazarda tutiladi», - deya xabar berişgan Roskomnadzor matbuot xizmatidan.
Şu bilan birga, idoradan e'tibor qaratişlariça, sud qarori bilan Telegram’ga kiriş uçun texnik şaroitlar yaratişni töxtatiş majburiyati nafaqat Roskomnadzorga, balki «boşqa şaxslarga», ya'ni, jumladan VPN hamda proksi-servislarga egalik qiluvçi kompaniyalarga ham yuklangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Roskomnadzor Telegram tufayli 1 milliondan ortiq IP-manzilni bloklagani xabar berilgandi.


















