Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatida ötkazilgan yiğilişda nutq sözlab, göyoki Sirdaryo misolida butun millatga murojaat etdi. Uşbu nutqni yakunlovçi qismini e'tiboringizga havola etamiz.
«Bir-birimizga bölgan munosabatimiz ilohim abadiy bölsin. Nima uçun özim yuribman? Ba'zilar aytadi «Eh, bu prezidentning işimi?!». Keçirasizlar, lekin men bitta insonni iş bilan ta'minlaşga yuz kun yurişga tayyorman. Bitta narsadan roziman: bugungi Sirdaryo viloyatining tadbirkorlari keçagi tadbirkorlar emas. Ularning menga qöyayotgan savollaridan men juda ham roziman. Işonaman, yölimiz töğri, işonaman, odamlarimiz salgina bölsa ham işonyapti. Işonaman, tösiqlar-korrupsiya, poraxörlik, oldingi noinsoflik, balandparvoz gaplar yöqligini odamlarning közi bildirib turibdi. Şu menga kuç beradi. Albatta bir yilda, ikki yilda yoki uç yilda bunday katta-katta islohotlarni qiliş oson emas. Har bir qöygan qöling, «sen prezidentsan», xalqning oldida javob berasan.
Men qöl qöyişdan avval yuz karra, ming karra öylaymanki, uzoq qişloqda ötirgan onamiz, otamiz, ukamiz, öğlimiz nima deyar ekan, unga nima yordam beradi, şu töğri yoki notöğri ekanligi, meni har safar qiynaydi. Har kuni ertalab Alloh Taolodan söraymanki, kuç bergin, aql bergin deyman. Nimaga? Bunday katta va buyuk davlatning odamlarining ertangi kunini xotirjam, tinçlikda, osoyiştalikda ularning niyatlarini amalga oşirişda, ularga yelkadoş böliş, hamnafas böliş hammaga ham nasib qilmagan. Şuning uçun albatta bugun mana şunday katta niyatlar qilganimizda har safar mana şu Sirdaryo misolida aytmoqçimanki, qölimizdan kelmagan iş yöq aslida. Biz hammamiz birlaşib, sadoqatli bölib, gina, ğiybatlarni unutib, bir-birimizga töğri gapiriş kerak bölgan vaqtimiz keldi. Alloh Taolodan boşqa heç kimdan qörqmanglar. Sirdaryoni bilasizlarmi qanday tasavvur qilaman? Şunday bir çiroyli, iqtisodi, sanoati, tadbirkorlik rivojlangan viloyat bölişiga işonaman.
Sirdaryoning xalqi köp millatli xalq.Sirdaryoda heç qaçon ğiybat bölmagan. Öşa oğir paytlarda ham Sirdaryo boşqaça viloyat bölgan. Boşqaça tomoni şu bölganki, bir oila bölib yaşaganmiz. Bu sizlarning natijalaringiz, muvaffaqiyatlaringiz va ğalabalaringiz desam töğri böladi. Şunga köz tegmasin. Dunyo hamjamiyatini oldida keçagidan bugun, bugungidan ertaga nisbatan yaxşi işlaşimiz kerak. Biz qançalik hozir qiynalib mehnat qilsak, qilgan narsalarimizni amalga oşira olsak, nutq sözlagan oqsoqolimiz aytgandek, özimizning bobolarimizga munosib bölamiz. Mahalla raisi, hokim, prokuror, içki organ xodimlari ham Xudo nasib qilgani uçun ötiribdi lavozimida. Munosibmanmi yöqmi, deb aytsak, tepada turgan Alloh bizga bahoni töğri beradi.
Sirdaryoda özgariş bor. Buni heç kim inkor qilmaydi. Ertaga nima qilişimiz, rejamiz aniq. Ertadan boşlab Sirdaryo namunasi, sadoqat namunasi (elga, vatanga,oilaga) taşabbusi bilan çiqsangizlar men sizlardan rozi bölaman. Men Sirdaryoga köproq işonaman. Nega desangizlar Sirdaryoni, çölni obod qilgan bobolaringiz işini sizlar qilasizlar. Boşqa heç kim qilmaydi. Ilohim mana şunday yaxşi kayfiyatda körişiş köproq nasib etsin. Oilaviy baxt-saodat tilayman sizlarga. Oilaviy baxt topgan mol-dunyong emas, halol mehnat bilan topgan har narsangiz. Bular odamzodga kuç-qudrat beradi, işonç beradi. Ana şu işonç doim sizlarga hamroh böladi. Soğ bölinglar», deb sözlarini yakunlagan Şavkat Mirziyoyev.












