Samarqand viloyat hokimi örinbosarlari safida özgariş böldi. Özbekiston Yoşlar ittifoqi Samarqand viloyat kengaşi raisi sifatida faoliyat körsatib kelgan Rustam Qobilov 16 apreldan e'tiboran Samarqand viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari sifatida faoliyatini boşladi.

Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, şu kungaça uşbu lavozimda işlab kelgan Azamat Mardonoviç Umarov öz arizasiga köra uşbu vazifasidan ozod etilgan.

Rustam Rajabboyeviç Qobilov 1984 yilning 8 may kuni Toyloq tumanida tuğilgan. Samarqand davlat universitetini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan. Ma'lumoti böyiça mutaxassisligi: sotsiolog, iqtisodçi.

2015 yilda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati etib saylangan.

Rustam Qobilov 2005–2009 yillarda «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining Samarqand davlat universitetidagi boşlanğiç taşkiloti rahbari (jamoatçilik asosida);

2008–2009 yillarda Fuqarolik jamiyatini örganiş instituti Samarqand viloyati mintaqaviy axborot-tahlil markazi ilmiy xodimi (örindoşlik asosida);

2009–2011 yillarda «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati viloyat kengaşi «Yetakçi yoşlar» markazi rahbari;

2011–2015 yillarda «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati Samarqand şahar kengaşi raisi;

2015–2017 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasi a'zosi;

2017–2018 yillarda Özbekiston yoşlar ittifoqi Samarqand viloyat kengaşi raisi sifatida faoliyat körsatgan.