Toşkent şahri hududida yoz yaqinlaşişi bilan belgilanmagan joylarda nostandart hajmdagi idişlarda turli içimliklarni sotiş, sanitariya talablariga javob bermaydigan qişloq xöjaligi mahsulotlari, xususan, meva-sabzavotlar, çorva mollari va parranda göştlarining noqonuniy savdosi bilan şuğullaniş holatlari köpayib ketadi.

Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga köra, bunday holatlarning oldini oliş va aholi dasturxoniga sifatli oziq-ovkat mahsulotlarini yetkaziş maqsadida Toşkent şahar hokimining «Toşkent şahri hududida noqonuniy savdolarni bartaraf etiş, mavsumiy savdo va umumiy ovqatlaniş tarmoği obektlari faoliyatini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi  №613–sonli qarori e'lon qilingan. Mazkur qarorning ijrosini ta'minlaş maqsadida 2018 yilning 1 may kunidan boşlab poytaxtdagi dehqon bozorlari, savdo komplekslari va ixtisoslaştirilgan bozorlar hududida, sanitariya talablariga javob bermaydigan joylarda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, salqin içimliklar, turli taomlar bilan noqonuniy savdo qiliş holatlariga çek qöyiladi.

Bozorlar va uning hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va işçi-xizmatçilarning tibbiy körikdan ötganligi, maxsus iş kiyimlari bilan ta'minlanganligi, mahsulotlarni saqlaş va sotiş qoidalariga rioya qilinişi, iş joylarining sanitariya holatiga töliq javob berilişi nazoratga olinadi. Şuningdek, dehqon bozorlari va şoxobçalari hududida göşt, sut, parranda tuxumi, salat va qandolat mahsulotlari savdosi amalga oşiriladigan rastalarda sovutgiç uskunalari bölişi va doimiy işlaşi yuzasidan tekşiruvlar olib boriladi.

Qabul qilingan qarorga muvofiq Toşkent şahar hokimi tuman hokimlari zimmasiga: tuman hududida mavsumiy savdolarni tartibga soliş hamda aholi salomatligini himoya qiliş maqsadida köçma savdo bilan şuğullaniş istagini bildirgan tadbirkorlik sub'yektlariga ruxsat berişda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 iyuldagi «Köçma savdoga ruxsat beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi №233–sonli qaroriga qat'iy rioya qiliş talabini qöygan.