Turkiya musulmonlarga nisbatan ikkilik standartlarini javobsiz qoldirmaydi

Foto: Anadolu
Turkiya gap musulmonlar haqida ketganda, ikkilik standartlarini javobsiz qoldirmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda o‘tayotgan Musulmon ozchiliklari jahon sammitida aytib o‘tdi.
“Barchamiz G‘arb o‘z manfaatlari uchun nima qilishini, qanday alg‘ov-dalg‘ovlik yuzaga keltirishining guvohi bo‘lganmiz. Misol uchun, gap neft, oltin va olmoslar haqida ketganda, bu davlatlar o‘zlarini qon hidiga suzib keluvchi akulalarga o‘xshash tutadilar. Shu bilan birga bu davlatlar Falastindagi qon to‘kilishlarni, Arakandagi genotsidni, qo‘shni Suriyada yuz minglab begunoh odamlarning halok bo‘lishini inobatga olmasligini ham yaxshi bilamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Uning aytishicha, G‘arb islomga qarshi harakatlarni amalga oshirib, o‘z mafkurasi va turmush tarzini saqlab qolishga intilmoqda.
“Terrorchilarni islomni yomonotliq qilish vositasi sifatida qo‘llashga urinishlar amalga oshirilmoqda, vaholanki islom dini zamonaviy odamning ma'naviy ehtiyojlariga javob beruvchi yagona dindir. Bu vaziyatda gap terrorchilar haqida ketmoqda, ularning paydo bo‘lishi maxsus loyiha hisoblanadi”, deb aytgan Erdo‘g‘an. Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, bunday yomonlashayotgan vaziyatda musulmonlar zimmasiga ma'lum javobgarlik tushadi.
“Biz bu tajovuzlarga jim qarab tura olmaymiz. Musulmonlar boshqa dinlar vakillari bilan tinchlik-totuvlikda yashay oladilar, ularda bu masalada butun tarix davomida muammo bo‘lmagan”, deb so‘zlarini davom ettirgan Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, 11 sentabrdagi teraktdan keyin musulmonlar tajovuzga uchramoqdalar.
“Terrorchi guruhlar bizning kelajagimizga rahna solish, erkinlik va huquqlarimizga putur yetkazish vositasi sifatida qo‘llanmoqda. IShID, “Boko Harom”, Ash-Shabob” va FeTO tomonidan amalga oshiriluvchi teraktlar nafaqat musulmonlarga ziyon yetkazadi, balki ba'zi doiralarga islom tinchlik dini emasligini aytishga imkon beradi. Bu terrorchilar qo‘lidan qancha begunoh musulmon halok bo‘lganiga hech kim e'tibor qaratmaydi. Ko‘plab g‘arb davlatlari o‘zining ichki muammolarini yashirish uchun olovga moy sepishadi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Uning aytishicha, islom davlatlariga ozchiliklarning huquqlari bo‘yicha e'tirozlar bildirayotganlar Afrika va Osiyoning ko‘plab davlatlarida musulmon ozchiliklarga nisbatan etnik tozalashlar sodir etilishiga ko‘z yumadilar.
“Biz bu ikkiyuzlamachilik adolatli kurashimizdan chalg‘itishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Musulmonlar butun dunyoda adolatga intilishlari lozim”, deb so‘zlarini intiholagan Erdo‘g‘an.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
Jahon | 18:21
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
-
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:22
-
Dunyoda qariyb 300 mln kishi ochlik yoqasida ekani ma’lum qilindi
Jahon | 17:19
Mavzuga oid

23:11 / 21.09.2024
Albaniyada musulmonlar uchun Vatikanga o‘xshash kichkina davlat yaratiladi

20:09 / 21.07.2023
Moskvada musulmonlar mitingi. Bunga juma namozi vaqtida masjidlarda amalga oshirilgan reydlar sabab bo‘ldi

14:43 / 07.11.2021
Yo‘l qoidalariga amal qilish vojib – Islomda yo‘l harakati fiqhi kitobi muallifi bilan suhbat

16:13 / 23.10.2021