Özbekiston Respublikasining prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Örmon töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Özbekiston Respublikasining Qonunini imzoladi.

Uşbu Qonunning maqsadi örmonlarni muhofaza qiliş, himoya qiliş, köpaytiriş, takroriy köpaytiriş, qayta tiklaş, ularning mahsuldorligini oşiriş va ulardan foydalaniş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.

Örmonlar asosan ekologik (tuproqni muhofaza qiliş, suvni muhofaza qiliş, ösimlik va hayvonot dunyosini hamda boşqa tabiiy resurslarni muhofaza qiliş, himoya, sanitariya-gigiyena, soğlomlaştiriş, rekreatsiya) va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajaradi.

Örmonlar davlat mulki — umummilliy boylik bölib, ulardan oqilona foydalaniş lozim hamda ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Barça örmonlar davlat örmon fondini taşkil etadi. Davlat örmon fondi:

davlat ahamiyatiga molik örmonlardan, ya'ni davlat örmon xöjaligi organlari tasarrufidagi örmonlardan;

boşqa idoralar va yuridik şaxslar foydalanişidagi örmonlardan iboratdir.

Quyidagilar davlat örmon fondiga kirmaydi:

qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, şuningdek boşqa daraxtzor va butazorlar;

temir yöllarning, avtomobil yöllarining, tabiiy va sun'iy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boşqa suv obektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;

şaharlardagi hamda boşqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, şuningdek kökalamzorlaştiriş uçun ekilgan ösimliklar;

tomorqalardagi va boğ uçastkalaridagi daraxtzor va butazorlar.

Davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni barpo etiş, takroriy köpaytiriş, qayta tiklaş, ularning mahsuldorligini oşiriş, ularni parvariş qiliş, muhofaza qiliş hamda ulardan oqilona foydalaniş ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Örmon bilan qoplangan yerlar, şuningdek örmon bilan qoplanmagan, ammo örmon xöjaligi ehtiyojlari uçun berilgan yerlar örmon fondi yerlari deb e'tirof etiladi. Örmon fondi yerlarining çegaralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.