BMT Myanma armiyasini Arakan ayollari va bolalariga nisbatan zöravonlik holatlari uçun "qora röyxat"ga kiritdi. "Anadolu" BMT boş kotibi Antoniu Gutteriş hisobotiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Hisobotda 2017 yilda dunyoning 19 mamlakatidagi muammoli hududlarda jinsiy zöravonlik holatlari böyiça ma'lumotlar keltirilgan.
"Myanmadagi Arakan ayollari jinsiy zöravonlikka duç kelişmoqda. Myanma armiyasi jinsiy zöravonlikni Arakan musulmonlarining öz uylariga qaytişlariga yöl qöymaslik vositasi sifatida qöllamoqda", - deyiladi hisobotda.
25 avgustdan Myanma şimolidagi Arakan provinsiyasi musulmonlariga hujumlar kuçaydi. Myanma armiyasi buni "qurollangan jangarilarga qarşi kuraş" sifatida baholadi. Mintaqadagi gumanitar vaziyat keskin yomonlaşdi. 1970-yillardan boşlab Myanmadagi musulmonlarga nisbatan tizimli ravişda hujumlar va etnik tozalaşlar qöllaniladi. Myanma musulmonlari (taxminan 2 million)ning 80 foizi qöşni mamlakatlardan boşpana topgan.
Hozirga kelib Myanmada atigi 300 ming musulmon qolgan, ulardan ön minglab nafari Bangladeşdan qönim topişga harakat qilmoqda.
BMTning "qora röyxati"dagi davlatlar, ularning muayyan qismi va fuqarolariga nisbatan xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarini bajarişdan voz keçgani uçun Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasiga muvofiq javob çoralari sifatida turli sanksiyalar qöllaniladi.

















