«Kun.uz» saytida «Özbekiston gilos eksporti xavf ostida (mi?)» sarlavhasi ostida gilos mevasi eksporti mavsumiga bağişlangan tahliliy maqola e'lon qilingan, unda «Özagroeksport» aksionerlik jamiyati tomonidan bu yilgi eksport narxlari, mamlakatimiz eksporti tizimidagi ayrim muammolar tahlili bayon etilgandi.
«Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tomonidan «Özbekiston gilos eksporti xavf ostida(mi?)» sarlavhasi ostidagi maqolaga munosabat bildirildi.
Özbekiston meva va sabzavot mahsulotlari eksporti böyiça jahonda yetakçi pozitsiyalarni egallaş uçun barça şaroitlarga ega hisoblanadi. Mamlakatda öz yerini ardoqlovçi mehnatkaş xalq yaşaydi. Iqlim katta miqdorda turfa xil meva va sabzavotlarni yetiştiriş uçun qulay.
Bu yil biz meva va sabzavot mahsulotlari agrar sektori rivojining yangi strategiyasini amalga oşira boşlaymiz. U ikki asosiy maqsadga ega.
Birinçi navbatda mahalliy işlab çiqaruvçilarni kuçli energiya bilan töldiriş. Ular ajoyib sifatli mahsulotlarni yetiştirişadi. Bizning mahsulotlarimizga xos bölgan xususiyatlar butun dunyoda talabgirdir. Biz 100 foiz ekologik sof mahsulot yetkazamiz, köp xalqaro agrariyalar tabiiy çeklovlar darajasiga erişiş uçun katta kuç sarflaydi, bizda esa bu allaqaçon bor.
Meva va sabzavotlarning asosiy işlab çiqaruvçilari hanuz dehqon xöjaliklari hisoblanadi. Ular qoidaga köra, u qadar katta bölmagan yer uçastkalarini qayta işlaşadi va öz hosilini mustaqil ravişda eksport qiliş imkoniyatiga ega bölişmaydi. Şu bois uni olibsotarlarga sotib yuborişadi. Aynan ular öz didi va tajribasidan kelib çiqib, xarid narxini şakllantirişadi.
Ötgan yillar tajribasi bunday narx belgilaş doim işlab çiqaruvçilar manfaatiga zid ekanini körsatmoqda. Ular arzimagan pullarga ega bölişadi, asosiy daromad esa vositaçilar çöntagiga tuşadi. Biroq vositaçilar bu pullarni meva va sabzavot mahsulotlarini yetiştiriş sohasi rivoji uçun sarflaşmaydi, zero ular bundan manfaat körişmaydi. Investitsiyalar işlab çiqaruvçilarga öz maydonini kengaytiriş, hosilni köpaytiriş, şuningdek, yirik, badavlat va mustaqil işlab çiqaruvçiga aylaniş imkonini beradi.
Agar şunday bölsa, olibsotarning xizmatlariga hojat qolmaydi, işlab çiqaruvçi öz hosilini özi sotiş imkoniga ega böladi. Çayqovçilar işsiz qoladi yoki ularning özi işlab çiqaruvçilar qatoriga qöşilişiga töğri keladi.
Biz, aksinça, yer egalari sonini köpaytirmoqçimiz. Axir, şuning uçun xarid narxlarini sezilarli darajada oşirdik. Qöşimça daromad işlab çiqaruvçilarga öz işini rivojlantirişda strategik masalalarni hal qiliş - yer uçastkalarini kengaytiriş, köproq köçat va öğitlar, mexanizmlar va boşqa foydali narsalarni xarid qiliş imkonini beradi.











