Uşbu masala Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeks hamda Yöl harakati qoidalarining buzilişiga doir ma'muriy işlarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi yöriqnoma (Adliya vazirligi tomonidan 05.07.2011 y. 2240-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan) bilan tartibga solingan, deb yozmoqda “Inson va qonun” naşri.
Kodeksning 290-moddasi va Yöriqnomaning 17-bandiga köra, sodir etilgan huquqbuzarlik uçun Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksda transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etiş tarzida ma'muriy jazo nazarda tutilgan bölsa, unda transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi guvohnoma haydovçidan olib qöyiladi.
Demak, agar haydovçi sodir etgan qoidabuzarlik uçun Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksda nazarda tutilgan jazo transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etiş bölmasa, unda bayonnoma töldirilgandan keyin haydovçilik guvohnomasi haydovçiga qaytarib berilişi kerak.
Quyidagi huquqbuzarliklar uçun, ular neça marta sodir etilayotganidan qati nazar (ya'ni birinçi marta sodir etilsa ham), haydovçiga nisbatan transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etiş tarzida ma'muriy jazo qöllanilişi mumkin:
haydovçilarning transport vositalarini alkogolli içimlikdan, giyohvand modda ta'siridan yoki özgaça tarzda mast holda boşqarişi yoxud mastligi yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlaş uçun tekşiruvdan ötişdan böyin tovlaşi;
yöl-transport hodisasi qatnaşçilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolişi;
tegişli ruxsatnomasiz oğir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni taşiş va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit ölçamlari belgilangan normalardan ortiq bölgan transport vositalarida yölga çiqiş, xuddi şuningdek ruxsatnomada körsatilgan harakat yönalişidan çetga çiqiş;
transport vositalari haydovçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi mol-mulk şikastlanişiga, jabrlanuvçiga yengil tan jarohati yoki moddiy zarar yetkazilişiga olib kelsa.
Quyidagi huquqbuzarliklar xuddi şunday huquqbuzarlik uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, haydovçiga nisbatan transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etiş tarzida ma'muriy jazo qöllanilişi mumkin:
transport vositasini boşqariş vaqtida haydovçining telefondan foydalanişi;

















