Kelajakda sayyoramiz aholisi yanada köpayadi, oziq-ovqat esa kamayib boradi. Şu sababli olimlar hozirdanoq laboratoriyalarda yangi mahsulotlarni yaratişga urinmoqdalar. Kelajakda odamlar özlariga ziyon yetkazmagan holda qanday mahsulotlarni iste'mol qilişlari mumkin böladi?
Quyida kelajak oziq-ovqat mahsulotlari haqida ma'lumotlar berilgan.
Sun'iy göşt

2013 yilda laboratoriyada yetiştirilgan göştdan tayyorlangan kotletali burger 300 ming dollardan qimmatroq turgan, hozir esa uning narxi 10 dollardan sal oşadi. Olimlar sun'iy göşt yana ham arzonroq bölişi va uni jahon bozoriga yaqin ön yillikda olib çiqiş uçun uni yaratiş texnologiyasini takomillaştirib bormoqdalar.
Göştning laboratoriyalarda yetiştirilişi uslublaridan aksariyati qon zardobidan olingan haqiqiy tirik hujayralarni qöllaşni nazarda tutadi. Bioreaktorda hujayralardan muşaklar şakllantiriladi, aynan şu muşaklar göştga asos böladi.
Işlab çiqaruvçilarning aytişiça, sun'iy göşt bir qator ustunliklari tufayli talabgir mahsulotga aylanişi mumkin: u tabiiy göştnikidan yomon bölmagan ta'mga ega va arzon turadi.
Ösimliklardan tayyorlanadigan tuxumlar

Bunday tuxumlar ösimlik komponentlaridan tayyorlanadi va bugungi kunda AQŞ supermarketlarida sotilmoqda. Bu tuxumlarni asosan vegetarianetslar iste'mol qilişadi. Bunday tuxumlar işlab çiqaruvçilarining ta'kidlaşiça, ular haqiqiy tuxumlardan foydaliroq va mazaliroq.
Bu antiqa mahsulot faqatgina vegetarian oziq-ovqatni iste'mol qila oladiganlar uçun quymoq tayyorlaş, pişiriq pişiriş, mayonez va boşqa qaylalarda tuxum örnini bosa oladi.
3D-printerda bosilgan yegulik


















