KXDR rahbari Kim Çen In Suriya prezidenti Başar Asadni mamlakat mustaqilligining 72 yilligi munosabati bilan tabrikladi va unga öz birdamligini izhor etdi. Tabrik matni Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan keltirilgan.

«Men sizning töğri boşqaruvingiz ostida sizning hukumatingiz va xalqingiz mamlakat mustaqilligi va xavfsizligi uçun kuraşda muvaffaqiyatga erişayotganidan mamnunman», degan Kim Çen In.

U Asadga yangi yutuqlar va soğliq tilagan, Suriya xalqini hamişa qöllab-quvvatlaşini bildirgan.

Har yili 17 aprel kuni Suriya xalqi fransuz istiloçilari mamlakatdan çiqib ketgan kunni Mustaqillik bayrami sifatida nişonlaydi. Fransiya mandati Suriya va Livanda 1943 yilda töxtagan, ammo oxirgi fransuz harbiysi Suriyani 1946 yil 17 aprelida tark etgan. Suriyada bayram Ğarb koalitsiya tomonidan berilgan havo zarbalari fonida nişonlanmoqda.