Osiyo Çempionlar Ligasida guruh bosqiçining sönggi tur öyinlari ötkazildi.
V guruhida «Lokomotiv» öz maydonida Eronning «Zob Ohan» klubini qabul qildi. Keyingi bosqiçga çiqiş uçun toşkentliklarga faqat ğalaba kerak edi. Ammo «Lokomotiv» nursiz öyin namoyiş qildi va 1:1 hisobidagi durangni qayd qildi. Natijada, har ikkala klub 7 oçko jamğarişdi, biroq, Erondagi öyinda «Zob Ohan» 2:0 hisobida ğalaba qozongani uçun, 2-örin bilan keyingi bosqiçga çiqdi.
Guruhning yana bir bahsida Qatarning «Ad-Duhayl» klubi öz maydonida «Al-Vahda»ni 1:0 hisobida yengib, 18 oçko bilan birinçi örinni egalladi.
OÇL-2018, V guruhi, 6-tur
Lokomotiv (Özbekiston) – Zob Ohan (Eron) - 1:1
Gollar: Töxtaxöjayev (90) - Tabriziy (25)
Lokomotiv: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 6.Nivaldo (19.Husniddin Ğofurov, 79), 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 20.Islom Töxtaxöjayev, 22.Sanjar Şoahmedov, 27.Sardor Raşidov, 28.Şuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev (77.Diyor Turopov, 65), 88.Igor Yyeliç.
Zob Ohan: 12.Muhammad Raşid Mazaheri, 34.Milad Faxriddini, 33.Sattari, 88.Hamid Buhamdan, 6.Xolid Şafiyei, 2.Muhammad Nejadmahdi, 5.Giorgi Gvelsesiani, 7.Sayid Muhammad Rizo Hussayni (8.Xadadifar, 90), 11.Murtazo Tabrizi (10.Rahmoni, 69) 3.Muhammadzoda, 99.Kiros
Ogohlantiriş: Zoteyev 21.
Boş hakam: Ko Hyung Jin (Janubiy Koreya)
Qanot hakamlari: Yun Kvang Yeol, Kim Yung Ha (Janubiy Koreya)
Zaxira hakami: Çaye Sang Hyop (Janubiy Koreya)

















