Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 aprel kuni Buxoro va Navoiy viloyatlariga taşrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov rasmiy sahifasida xabar bergan.
Davlat rahbari Buxoroda «Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi hamkorligida qurilgan Qandim gazni qayta işlaş majmuasining oçiliş marosimida iştirok etadi.
«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan jahon bozorida xaridorgir kimyo mahsulotlari işlab çiqaradigan uçta zavod barpo etilmoqda. Prezident Navoiy viloyatiga taşrifi çoğida uşbu zavodlar qurilişining borişi bilan tanişadi.
Eslatib ötamiz, prezident şu yilning fevral oyida ham Buxoroda bölib, joylarda olib borilayotgan işlar bilan tanişgan, viloyat faollari bilan yiğiliş ötkazgandi.












