TamTam messenjeri App Store Özbekistonda eng köp yuklab olinayotgan ilovalar beşligiga kirdi. Bundan AppAnnie ma'lumotlari darak bermoqda.
17 aprel kungi holatga köra, ilova «Yandeks.Taksi», Telegram, iMO va WhatsApp’dan ötib ketib, yuklab oliş soni böyiça birinçi öringa kötarilib oldi. TamTam bir kun içida App Store Özbekistonda olti öringa yuqoriladi, ikki kunda esa – 50 poğonaga.
18 aprel kungi holat böyiça ilova yuklab olişlar soni böyiça ikkinçi örinni egallab turibdi, u faqat «Yandeks.Taksi»dan ortda qolgan.
WhatsApp ham top beşlikda mustahkam joylaşib oldi. Bundan taşqari, Özbekiston aholisi Google’da TamTam’ni faol izlay boşlagan davlatlar beşligiga kirdi.
Foydalanuvçilarning TamTam’ga qiziqişi Telegram bilan boğliq muammolar fonida ösmoqda. Pavel Durovning servisida ikki kundan beriş jiddiy nosozliklar kuzatilyapti.
Ma'lumot uçun: endi KUN.UZ saytini TamTam messenjerida ham kuzatiş mumkin. Telegram’da muammoga duç kelganlar saytimizni TamTam’dagi kanalga quyidagi havola orqali a'zo bölib, kuzatib borişi mumkin.
KUN.UZ saytining TamTam messenjeridadagi kanali: https://tt.me/kunnews

















