Yaponiya boş vaziri Sindzo Abening ma'lum qilişiça, agarda Şimoliy Koreya töğri yölga qadam qöysa, unda uning Yaponiya bilan munosabatlari yaxşilanişi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Agarda Şimoliy Koreya, xuddi Pxenyan deklaratsiyasida körsatilganidek, töğri yölga qadam qöysa, biz baxtsiz ötmişga yakun yasaymiz va munosabatlarning yaxşilanişi uçun yöl oçamiz», - deya aytib ötdi Abe.
Şuningdek, uning eslatişiça, ayni damda ikki mamlakat örtasida diplomatik aloqalar mavjud emas.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya Şimoliy Koreya yangi yadroviy sinovlarga tayyorgarlik körayotgani haqida ma'lum qilgan edi.













