Hyperloop Transportation Technologies (HTT) 18 aprelda Abu-Dabidan bölgan developer Aldar Properties bilan BAAda dunyodagi ilk tijoriy qurilmasini quriş böyiça kelişuvni imzoladi.

Kelişuvga köra, HTT Abu-Dabi va Dubay amirliklari çegarasida qurilmani, Dubayda “EKSPO-2020” körgazmasi maydonçasi yaqinida innovatsion va turistik markazlar quradi. Quriliş bir neça bosqiçda ötadi va 10 kmlik qurilmaning inşootini qurişdan boşlanadi. Bu qurilma keyinçalik BAA böylab va mamlakat taşqarisigaça uzaytiriladi. 

Kelişuv BAAda dunyodagi ilk Hyperloop tijoriy qurilmasini quriş uçun asos yaratadi. Undan maqsad Abu-Dabi, Al-Ayn, Dubay va Saudiya Arabistonidagi Ar-Riyodni boğlaşdan iborat.

Futuristik kapsula-vagonlar maxsus quvurlar orqali 1100 km/soat tezlikkaça Expo-2020 ötadigan maydongaça har 10 soniyada harakatlanadi va bir yönalişda bir soatda 15 ming kişini taşişni ta'minlaydi. 

Abu-Dabi va Al-Ayn örtasidagi trassa tayyor bölgandan keyin bu ikki şahar orasidagi 150 kmlik masofani 8-12 daqiqada bosib ötiş mumkin böladi.

Video: Dubaydagi tovuşdan tez harakatlanuvçi poyezd qanday işlaydi?