Buyuk Britaniya plastik trubkalar va plastikdan boşqa bir martalik mahsulotlarni taqiqlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda The Guardian mamlakat boş vaziri Tereza Meyning bayonotiga asosan xabar berdi.
Naşr ma'lumotlariga köra, taqiq haqidagi qaror Britaniya Hamdöstligi davlatlari hukumat rahbarlari uçraşuvida e'lon qilinadi. Ta'kidlanişiça, Britaniya uçraşuvda plastik muammosini hal qiladigan yangi texnologiyalar rivojiga taxminan 86 mln dollar ajratişi haqida ma'lum qiladi.
«Buyuk Britaniya hukumati bu masalada jahon yetakçisi sanaladi, hamda Britaniya jamoatçiligi plastik paketlardan foydalanganlik uçun yiğimlarni qabul qiliş va plastik granulalarni taqiqlaşda faollik körsatdi. Bugun biz plastik çiqindilarni yanada qisqartiriş böyiça katta rejalarimizni ilgari surmoqdamiz», - deyiladi Meyning bayonotida.
Şu bilan birga, mamlakat Atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligi ma'lumotlariga köra, Buyuk Britaniyada har yili taxminan 8,5 mlrd plastik trubkalar çiqindiga taşlanadi.












