Özbekiston OAVni qöllab-quvvatlaş jamoat fondi internet naşrlar bilan hamkorlikni mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratmoqda. Fond rahbari Said-Abdulaziz Yusupovning KUN.UZ muxbiriga ma'lum qilişiça, hozirda onlayn-naşrlar bilan hamkorlikka doir qator loyihalar tasdiqlanişi kutilmoqda.
"Biz hozir uç onlayn-naşr bilan hamkorlikda işlayapmiz va Vazirlar Mahkamasi tomonidan katta bir loyihaning tasdiqlanişini kutyapmiz. Bu yönalişda bir neça loyihalar tayyorladik va ularning bari moliyaviy masalalarga boğliq. Bizning moliyalaştiriş manbalarimiz asosan Oliy Majlis fondi subsidiyasi hisobidan amalga oşirib kelingan. Şunday bölsa-da, 2018-2020 yillar uçun tayyorlangan konsepsiyaga köra, 2020 yilga borib Fondning töliq özini özi moliyalaştiriş darajasiga erişiş rejalaştirilgan".
Bundan taşqari, Özbekiston OAVni qöllab-quvvatlaş jamoat fondi rahbari KUN.UZ muxbirining OAV uçun ötkaziladigan tadbirlarga yangiça yondaşuv haqidagi savoliga javoban ayni damda bu yönalişda işlar boşlab yuborilganini ma'lum qilib, yaqin kunlarda bölişi kutilayotgan yangiça yönalişdagi tadbirlardan biriga jurnalistlarni taklif qildi.
"Ommaviy axborot vositalari uçun ötkaziladigan tadbirlarga yangiça yondaşiş kerakligiga doir fikringizga qöşilaman. Fursatdan foydalanib, yaqinda toğ yonbağrida bölib ötadigan seminarga sizlarni taklif qilaman, borib köringlar. Özgartiriş qila olibmizmi yoki yöq. Jurnalist sifatida sizlarning fikrlaringiz biz uçun muhim", - dedi Said-Abdulaziz Yusupov.
Yusupov şuningdek yaqin kelajakda Milliy axborot armiyasi, Milliy blogerlar armiyasini tuziş taşabbusini bildirdi.

















